/Yangiliklar/Pillachilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT
06.06.2022 - 09:02 578

Pillachilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT

Pillachilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT

Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, pilla yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoniga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi intensiv tutzorlar va tut qatorlari barpo etishni rag‘batlantirish, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh tayyor ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni va ularning turlarini ko‘paytirishni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsad qilib olingan.