O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-sonli “ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 10 mln AQSH dollari miqdorida ikkinchi transh ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4399-sonli qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma)ga 10 mln AQSH dollari miqdorida ikkinchi transh ajratildi.
Shu munosabat bilan Jamg‘arma tomonidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tuman va qishloqlarida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq tadbirkorligini rivojlantirish yonalishidagi loyihalari bo‘yicha kreditlar uchun kafilliklar taqdim etilmoqda.
Ushbu loyihada 5 ta tijorat banklari (Asakabank, Qishloqqurilishbank, Turonbank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank) ishtirok etmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati