/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
06.10.2023 - 12:37 187

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining go‘sht yetishtirish yo‘nalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion sexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalarini, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish uchun kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 3 yilgacha “2+1” tamoyilida kompensatsiya hamda ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

Ushbu kompensatsiya va kafilliklar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati