Qishloq xo‘jaligi sohasida suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlariga Jamg‘arma tomonodan taqdim etilayotgan yordamlar to’g’risida
So‘ngi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida suvni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ulardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda
Ma’lumotlarga ko’ra bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2022-yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi.
Jamg‘arma tomonidan suvni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlariga kafillik va kompensatsiya yordamlarini ko‘rsatib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suvni tejaydigan texnologiyalari joriy qilish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining 68 ta loyihasiga ajratilgan 121 mlrd so‘mlik kreditlari uchun 55 mlrd so‘mlik kafillik yordami taqdim etildi.
Shu bilan birga tadbirkorlarning qariyb 7 ming ta loyihasiga ajratilgan 3,5 trln so‘mlik kreditlari uchun 439 mlrd so‘m kompensatsiya yordami ko‘rsatildi.
Yordamlarning taqdim etilishi hisobiga 7 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarning loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, ularning ixtiyorida aylanma mablag’larini shakllantirish uchun 494 mlrd so‘m qoldirildi.
Shuningdek, ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 20 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali tadbirkorlarning xarajatlarini kamida 30 foizga tejalishiga hamda hosildorlik mutonosib oshishiga erishiladi.
Jamg‘arma tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati