/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
07.11.2023 - 16:15 148

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda bir martalik;

kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda;

kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarini uch oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Ushbu subsidiyalar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PQ-70-son qarori

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati