Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Yugra tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining “Mening biznesim” eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-yil 7-aprel kuni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Xanti-Mansi avtonom okrugi – Yugra tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
-
O‘zbekiston va Yugra bilan ishlashda eksport, import, bojxona reglamenti, logistika, investitsiya va boshqa imkoniyatlar;
-
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining faoliyat yo‘nalishlari, jamg‘armaning moliyaviy yordamidan foydalanishdagi talablar va cheklovlar hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
Xanti-Mansi avtonom okrugi-Yugra tadbirkorlari uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda O‘zbekistonda Respublikasida sheriklarni izlash imkoniyati.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, sohada me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv so‘ngida esa ikki tomonlama hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim jamg‘arma Ijro etuvchi direktor o‘rinbosari U.A.Ismailov hamda “Mening biznesim” eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i V.L.Chebakovlar tomonidan imzolandi.