Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv.
Joriy yilning 7 may kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida (Kompaniya) Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Kompaniya tomonidan direktorning birinchi o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Metodologiya va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Qudrat Radjapov, Islom taraqqiyot banki tomonidan mutaxassis Wahyn Wijayanta, shariat bo’yicha mutaxassis Muhammad Siroj va boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.
Ma‘lumot uchun: Islom taraqqiyot banki – Islomni moliyalashtirishga yo’naltirilgan xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, 1973-yil 18-dekabrda Saudiya Arabistoni shohi ko’magida Islom konferensiyasi (hozirgi Islom hamkorlik tashkiloti) tashkilotiga a’zo mamlakatlar moliya vazirlarining birinchi konferensiyasida tashkil etilgan va 1975-yil 3-aprelda o’z faoliyatini boshlagan.
Uchrashuv avvalida Islom taraqqiyot banki vakillariga Kompaniya faoliyati toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Shu jumladan, Kompaniyaning moliyaviy yordamlari va unda qishloq xoʼjaligida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga taqdim etilgan moliyaviy yordamlar toʼgʼrisida aytib oʼtildi.
Shuningdek, Islom taraqqiyot banki tomonidan qiymati 100 mln АQSh dollari miqdorida boʼlgan “Chorvachilik sohasida qiymat zanjirini rivojlantirish va sifat nazorati” loyihasini amalga oshirish boʼyicha Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasi bilan muzokaralar olib borilayotganligi hamda loyiha hujjatlari ishlab chiqilayotganligi yuzasidan maʼlumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan texnik ko‘mak berish masalasi va yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati