O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga asosan 2023 yil I yarim yillikda tadbirkorlarga taqdim etilgan kafillik yordamlari to‘g‘risida

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab respublika hududlarini toifalarga ajratgan holda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etildi.
Joriy yilning I yarim yilligi ko‘rsatgichlariga ko‘ra Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining 304 ta loyihasi uchun ajratilgan 388 mlrd so‘mlik kreditlariga 173 mlrd so‘m kafillik yordami taqdim etildi.
O’tgan davr ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kichik tadbirkorlik subyektlari kafillik yordamidan eng ko‘p foydalangan.
Tahlillarga ko‘ra Jamg‘armaning kafillik yordamidan eng ko‘p 3-toifa hududlarida faoliyat olib borayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari foydalangan.
Bunda 146 loyihalarga ajratilgan 164 mlrd so‘m kreditlar bo’yicha Jamg‘arma tomonidan 76 mlrd so‘m kafillik yordami taqdim etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati