/Yangiliklar/Kichik tadbirkorlarga 947 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi
09.04.2024 - 17:00 319

Kichik tadbirkorlarga 947 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi

Kichik tadbirkorlarga 947 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi

Кompensatsiya kompaniyaning eng ommaviy yordam turlaridan biri bo‘lib, ushbu yordam Kompaniya tomonidan uzluksiz taqdim etilib kelmoqda.

Kompensatsiya kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada taqdim etiladigan tijorat banklari kreditlari (lizinglari) bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash hisoblanadi.

Umuman olganda, Kompaniya tomonidan hozirgi kunga qadar 35 mingga yaqin shartnomalar bo’yicha 3,3 trln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lab berilgan.

Joriy yildan quyidagi tartibda kompensatsiya yordami ko’rsatilmoqda:

a) faoliyat davri uch yilgacha bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga- 3 mlrd so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan (hozirda 18 foizdan) yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravari (hozirda 24,5 foiz)dan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga taqdim etilmoqda;

b) tashkil etilgan davridan qat’i nazar Kompaniya Kuzatuv kengashi belgilagan yo’nalishlarga- 5 mlrd so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan (hozirda 18 foizdan) yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravari (hozirda 24,5 foiz)dan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga taqdim etilmoqda;

v) kompensatsiya to’lovlari Iqtisodiyot va moliya vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilmoqda;

g) kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida quyidagilarga asosan davom ettiriladi:

yangi ish o‘rinlarini yaratish rejasi bajarilishi;

yillik tushum kamida 15 foizga oshishi.

Joriy yilda kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar bo’yicha 150 mlrd so‘m miqdorida yangi kompensatsiya yordami berilishi prognoz qilingan.

Buning natijasida:

600 dan ortiq loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi;

qariyb 3 trln so’m kreditlar uchun yordam ko’rsatiladi;

2 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratiladi;

tadbirkor ayol va yoshlarning loyihalariga kamida 15 foiz yordam yo’naltiriladi;

yashil iqtisodiyot loyihalarini qo’llab-quvvatlashga ustuvorlik beriladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmati