Turizmni rivojlantirish faoliyati Jamg‘arma tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda
So‘ngi yillarda turizm sohasini jadal rivojlantirish, xorijiy sayyohlar sonini oshirish, turizm obyektlarini saqlab qolish masalalarga alohida etibor berilmoqda.
2022 yil mobaynida tashrif buyurgan sayyohlar soni 5,2 mln nafarni tashkil qilgan (manba: https://uzbektourism.uz/research/statistics).
Davlatimiz rahbari raisligida shu yilning 29 mart kunida turizm salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda
2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravar oshganligi, soha eksporti 1,6 milliard dollarni tashkil etganligi qayd etildi.
Shuningdek, ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. So‘nggi besh yilda mehmonxona o‘rinlari 2 baravar oshib, 60 mingtaga yetgan.
Jamg‘arma tomonidan 45 ta tuman (shahar)lardagi tadbirkorlarning turizm sohasini rivojlantirish bilan bo’liq 72 ta loyihasiga ajratilgan 187 mlrd so’mlik kreditlari uchun 68 mlrd so’m miqdorida kafillik yordami taqdim etildi.
Quyida ko’rsatilgan diagramma orqali ko’rish mumkinki, Buxoro, Termiz, Navoiy, Zarafshon, Andijon va Qo’qon shaharlaridagi tadbirkorlar eng ko’p kafillik yordamidan foydalangan.
Bundan tashqari Jamg‘arma tomonidan 87 ta tuman (shahar)lardagi tadbirkorlarning turizm sohasini rivojlantirish bilan bo’liq 251 ta loyihasiga ajratilgan 535 mlrd so’mlik kreditlari uchun 57 mlrd so’m miqdorida kompensatsiya yordami taqdim etildi.
Quyida ko’rsatilgan 2-diagramma orqali ko’rish mumkinki, Buxoro, Samarqand va Termiz shaharlari hamda Olmazor va Urganch tumanlaridagi tadbirkorlar eng ko’p kompensatsiya yordamidan foydalangan.
Turizmni rivojlantirish faoliyati Jamg‘arma tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati