Tadbirkorga maslaxat
Aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam bo‘lmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda mevali bog‘lar va xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan ta’minlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya taqdim etiladi.
Ushbu subsidiya Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati