Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan baliqchilik yo‘nalishiga taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
Bugungi kunda mamlakatimizda baliqchilik yo‘nalishiga davlat tomonidan keng e’tibor berib kelinmoqda, birgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2022-yildagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-83-son qarori misol bo‘la oladi.
Shu bilan birga Jamg‘arma tomonidan aholiga arzon va sifatli baliq mahsulotlarini yetishtirilishiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida moliyaviy yordamlar berib kelmoqda, xususan, 2023-yil 1-iyul holatiga 329 ta loyihaga ajratilgan 428 mlrd so‘mlik kreditlar uchun 197,2 mlrd so‘mlik kafillik yordami ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 1 448 ta loyihalarga ajratilgan 1 373 mlrd so‘mlik kreditlar uchun 298 mlrd so‘mlik kompensatsiya yordami ko‘rsatilgan.
Ajratilayotgan yordamlarning hisobiga baliqchilik qo‘llab-quvvatlanib, 7 036 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Jamg‘arma tomonidan baliqchilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati