/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
10.10.2023 - 14:00 229

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturida ishtirok etuvchi, 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalari va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan ulushdor bo‘lib kirish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu loyihalarda ulushdor sifatida ishtirok etish bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi 306-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati