/Yangiliklar/Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
11.05.2023 - 17:57 1227

Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 10-may kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish 2-bosqich” loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (XQXRJ) tomonidan Stefania Gnoato – Mintaqaviy direktor, Nadhem Mtimet – Loyihaning texnik boshqaruvchisi, Mathilde d’Orgeval – Jamoa rahbari va qishloq moliya mutaxassisi, Tashev Shuxrat – Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan Normirzayev Burxon – Kompensatsiyalar taqdim etish bo‘limi boshlig‘i, Radjapov Qudrat – Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlar bo‘limi boshlig‘i, Usmanov Shovkat – Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdilar.

O‘zbekiston hududida sutchilik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari sonini oshirish, sutni qayta ishlash orqali tayyor mahsulot olish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va daromadni oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

XQXRJ va Jamg‘arma o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalarni, xususan, sutchilik sohasini rivojlantirish 2-bosqichi, belgilangan tartibda tashkil etish, natijalarni tahlil qilib borish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida, tomonlar yuqorida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish, kelgusidagi rejalashtirilayotgan loyihalarni tashkil qilish hamda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati