/Yangiliklar/Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilishda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash choralari kengaytirildi
11.08.2023 - 19:30 45332

Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilishda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash choralari kengaytirildi

Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilishda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash choralari kengaytirildi

Ayni damda davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududlarda amalga oshirilgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar natijalari bilan tanishmoqda. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joylarda qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar ham ko‘zdan kechirilib chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-129-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonda, joylarda qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilishni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi savdo, umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi hamda avtomobillarga yonilg‘i quyosh va elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etgan kichik tadbirkorlik subyektlariga quyosh panellarini sotib olish va o‘rnatish uchun ajratilayotgan kreditlar uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan belgilangan miqdor va shartlar doirasida kompensatsiya taqdim etilishi belgilandi.

Eslatib o’tamiz bugunga qadar Farmonda belgilangan yo’nalishdan tashqari barcha kichik tadbirkorlik subyektlariga qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy qilish uchun kompensatsiya yordami taqdim etib kelinayotgan edi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati