/Yangiliklar/O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgust sanasida PF-129-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi
11.08.2023 - 15:53 1211

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgust sanasida PF-129-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi

Mazkur Farmon doirasida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) kafillik berish tartibi o‘rnatildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida biznes muhitini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga Jamg‘arma tomonidan, istisno tariqasida, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda, kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafillik taqdim etilishi belgilandi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati