/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
11.09.2023 - 12:45 148

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Kichik tadbirkorlik subyektlariga chang-gaz tozalash uskunalari, lokal suv tozalash inshootlari va avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish va o‘rnatish uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar jalb qilinadigan kredit summasi 5 mlrd so‘mdan oshmaydigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan (IV va V toifadagi tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan) qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha “2+1” tamoyili asosida kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizigacha (IV va V toifadagi tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 75 foizigacha), biroq 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi.

Ushbu moliyaviy yordamlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati