/Yangiliklar/Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
12.05.2021 - 10:00 6887

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

Keyingi yillarda Respublikamizda suv resurslaridan tejamli va samarali foydalanish asosida sug‘oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish, bu borada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda ichki bozorni to‘ldirish orqali mamlakat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, shu jumladan, mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra:

  • 2021-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etildi;

  • suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrda “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4919-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi tartibi belgilandi:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi;

  • suvni tejaydigan texnologiyalarni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi;

  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

Shu munosabat bilan, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni xarid qilish va qurish uchun bank tomonidan ajratiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplash quyidagi tartibda amalga oshirilmoqda:

Sug‘orish turi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash
Paxta
Tomchilatib sug‘orish 1 gektar ekin maydoni uchun 25 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha loyiha sonidan qat’iy nazar, milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin Markaziy bankning asosiy stavkasining 45 foizidan oshmagan miqdorigacha, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda
Diskretli sug‘orish Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
Donli ekinlar
Diskretli sug‘orish 1 gektar ekin maydoni uchun 25 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha loyiha sonidan qat’iy nazar, milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin Markaziy bankning asosiy stavkasining 45 foizidan oshmagan miqdorigacha, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda
“Sprinkler” tizimi
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Tomchilatib sug‘orish 1 gektar ekin maydoni uchun 25 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha loyiha sonidan qat’iy nazar, milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin Markaziy bankning asosiy stavkasining 45 foizidan oshmagan miqdorigacha, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda
Keng qamrovli sug‘orish tizimi
“Sprinkler” tizimi
Poliz ekinlari
Tomchilatib sug‘orish Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar
Tomchilatib sug‘orish Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
Keng qamrovli sug‘orish tizimi
“Sprinkler” tizimi
Mevali ekinlar
Tomchilatib sug‘orish Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
Uzum
Tomchilatib sug‘orish Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda

Shu o‘rinda Davlat rahbarining ushbu PQ-4919-sonli qarori kuchga kirgan sanasidan boshlab joriy yilning 1-may sanasigacha 3821 та qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining tijorat banklaridan olgan
1 trillion 920 milliard so‘mdan ortiq kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Jamg‘arma tomonidan 237 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lash bo‘yicha majburiyatlar olinganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin.