/Yangiliklar/Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonigan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga asosan taqdim etadigan kafillik moliyaviy yordamining miqdorlari
12.09.2023 - 17:21 349

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonigan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga asosan taqdim etadigan kafillik moliyaviy yordamining miqdorlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonigan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga asosan taqdim etadigan kafillik moliyaviy yordamining miqdorlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93-son farmon (Farmon) qabul qilingan.

Mazkur Farmonning 7-bandi, b)-kichik bandi, 4-xatboshisiga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan Dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga ushbu Farmonning 1-ilovasiga muvofiq tabaqalashgan miqdorlarda kafillik taqdim etish belgilangan.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmonining 2-bandi, b)-kichik bandiga asosan Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kredit (lizing)lariga kafillik tuman (shahar)larning toifasidan kelib chiqib taqdim etilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida, tijorat banklari tomonidan «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida ajratiladigan kredit (lizing)lariga Jamg‘arma kafillik moliyaviy yordami, hudud toifasiga amal qilgan holda, Farmonning 1-ilovasida ko‘rsatilgan miqdorlarda taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati