Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Qirg‘iziston kafolat jamg‘armasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda tomonlar matritsada keltirib o‘tilgan “Kafolat jamg‘armalari to‘g‘risida” Qonun ishlab chiqishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, uni hayotga tadbiq qilish yo‘llari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish kerakligi yuzasidan muhokama qildilar.
Shuningdek, mazkur qonun har tomonlama murakkab bo‘lishi, tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qonun loyihasini ishlab chiqish vakolatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga o‘tkazish va ishchi guruh tuzish bo‘yicha takliflar bildirdilar.
Bundan tashqari, mazkur qonunni ishlab chiqishda xorijiy tajribani o‘rganish, xalqaro standartlarga e’tibor berish hamda ularni amaliyotdagi natijasini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdilar.
Uchrashuv so‘ngida, Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi ishchi guruhi Jamg‘arma faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurishi va yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Memorandum imzolashga kelishib oldilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati