/Yangiliklar/Tadbirkorlik subyektlari uchun yaxshi yangilik!
13.06.2024 - 17:00 86

Tadbirkorlik subyektlari uchun yaxshi yangilik!

Tadbirkorlik subyektlari uchun yaxshi yangilik!

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati kichik va o‘rta biznes subyektlariga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda “yashil” va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar joylashtirilishini eʼlon qiladi.

Shu munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanish uchun tijorat banklarini xamkorlikka chorlaymiz.

Moliyaviy resurslardan foydalanish tartibi va shartlari:

✔️ Har bir loyiha uchun resursning maksimal miqdori:

▪️ kichik tadbirkorlik subyektiga — 1,5 mlrd so‘mgacha
▪️ o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha

✔️ muddati — 7 yilgacha

✔️Resurs stavkasi:

▪️ tijorat banklariga — Markaziy bankning asosiy stavkasida;
▪️ tadbirkorlarga — asosiy stavka + tijorat bankining 4 foiz marjasi.

✔️ Moliyaviy resurslar milliy valyutada taqdim etiladi.

✔️ Garov taʼminoti yetmagan taqdirda Kompaniyaning kafilligidan foydalaniladi.

✔️ Moliyaviy resurslar quyidagi maqsadlarga taqdim etilmaydi:

•   qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
•   aylanma mablag‘larni shakllantirish hamda savdo faoliyatini tashkil etish va yuritish;
•   umumiy ovqatlanish va avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish;
•   ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
•   ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.

✔️ Moliyaviy resurslardan foydalanish uchun tijorat banklariga qo‘yilgan talablar:

·        tugatilish bosqichida bo‘lmagan va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilmagan;
·        so‘nggi 2 yil davomida faoliyatini zarar bilan yakunlamagan;
·        NPL ko‘rsatkichi 5 foizdan yuqori bo‘lmagan;
·        xalqaro reyting agentliklari tomonidan “barqaror” reyting bahosi mavjud bo‘lishi lozim.

✔️ Moliyaviy resurslardan foydalanish istagida bo‘lgan tijorat banklari buyurtmani belgilangan shaklda assets@edcom.uz elektron manzili bo‘yicha taqdim etishi lozim.

✔️ Eʼlon amal qilish muddati – 2024 yil 28 iyun.

Batafsil: www.edcom.uz

Aloqa markazi: +99871 238-69-06

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati