Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 10 nafar tadbirkor bilan 109 mlrd so‘mlik loyihalar bo‘yicha hamkorlik qiladi
Birinchi ochiq tanlovda 30 ta o‘rta tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 292,1 mlrd so‘m bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Umumiy qiymati 109,2 mlrd so‘m bo‘lgan 10 ta loyihalarlar skoring tahlil natijasida tanlovning keyingi bosqichiga o‘tdi. Ushbu loyihalar bo‘yicha 71,5 mlrd so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 424 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, keyingi bosqichga o‘tgan loyihalar bo‘yicha:
1. Yakuniy bosqichda loyihalar 1 ta 5,1 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha barcha hujjatlar Kompaniyaga taqdim etildi hamda tijorat banki bilan akkreditiv ochish ishlari olib borilmoqda; 3 ta 46 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan asbob-uskuna olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda;
2. Dastlabki bosqichdagi loyihalar 1 ta 18 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha tashabbuskorlar mol-mulkni tanlash uchun xorijiy davlatlarga xizmat safariga borish rejalashtirmoqda; 2 ta 19,5 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha birlamchi xujjatlar qisman taqdim etildi, import shartnoma va biznes rejalar tayyorlanmoqda;
3. Ko‘rib chiqish vaqtincha to‘xtatilgan loyihalar 3 ta 20,6 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha tashabbuskorning so‘roviga muvofiq yoki moliyaviy xizmatdan foydalanish talablariga javob bermaganligi sababli loyihalarni ko‘rib chiqish to‘xtatilmoqda.
Loyihalarning hududi va holati bo‘yicha MAʼLUMOT
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati