Tadbirkorga maslahat

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni mustaqil ravishda chakana tartibda sotish, shuningdek, aholidan qimmatbaho metall parchalari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish maqsadlarida sotib olish huquqiga ega.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son farmoni.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati