Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida (Kompaniya) 13-may kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Kompaniya direktori Abbosxon Maxamatov, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Mintaqaviy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Charli Morris va boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.
Suhbat avvalida O‘zbekiston tomoni Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadlari, ular tomonidan taqdim etilayotgan yordam turlari, ularni taqdim etish qoidalari va shartlari bilan tanishtirib o‘tdilar.
Shuningdek, O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish istiqbollari va to‘siqlari hamda ushbu yo‘nalishdagi yangi mintaqaviy dastur doirasida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunda «yashil inklyuziv rivojlanish» dasturi ishga tushirilishi va u uchta komponentdan iborat bo‘lishi aytib o‘tildi.
По итогам встречи стороны договорились продолжить совместную работу по вышеуказанным вопросам.
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati