/Yangiliklar/Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
15.08.2023 - 20:35 2275

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Osiyo taraqqiyot banki (OTB), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalq banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuvda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTBning Moliyaviy xizmatlar bo‘yicha katta iqtisodchisi Endryu Makkartni, OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi katta mutaxassisi A.Kuchkarov, OTB konsultanti D.Tadjibayeva, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari A.Turdaliyev, Xalq bank raisi Sh.Atabayev va Jamg‘arma ijrochi direktori A.Maxamatov hamda boshqa bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda OTBning “O‘zbekistonda yanada inklyuziv moliyaviy sektorni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish” loyihasi hamda ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonda APEX tashkilotini tashkil etilishi mavzularida muhokama bo‘lib o‘tdi.

OTB vakillari tomonidan O‘zbekistonda sog‘lom mikromoliya sektorini rivojlantirish va uning tarkibiy qismlarini yaratish, jumladan Ijtimoiy dasturlar bo‘yicha kredit berishdan voz kechish hisobiga tijorat mikromoliyalashtirish ko‘lamining jadal kengaytirish, Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish sohasida islohotlarni amalga oshirish, Texnik ko‘mak yordamida soha (banklar va mikrokredit tashkilotlari) salohiyatini oshirish, moliyaviy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun APEX platformasini yaratish mavzulari yoritildi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi va bir qator takliflar berildi hamda muhokama va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati