/Yangiliklar/Pandemiya sharoitida yuzaga kelgan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subektlari muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklash, mahsulotlar eksportini amalga oshirishda yangi bozor topish maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar to‘g‘risida
15.10.2020 - 12:14 1322

Pandemiya sharoitida yuzaga kelgan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subektlari muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklash, mahsulotlar eksportini amalga oshirishda yangi bozor topish maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar to‘g‘risida

Pandemiya sharoitida yuzaga kelgan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subektlari muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklash, mahsulotlar eksportini amalga oshirishda yangi bozor topish maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi tashabbusi bilan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar prokuraturasi, Bosh vazir qabulxonasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahar tumanlarida pandemiya sharoitida yuzaga kelgan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subektlari muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklash, mahsulotlar eksportini amalga oshirishda yangi bozor topish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar haqida taqdimotlar o‘tkazilmoqda, jamg‘armaning bukletlari tarqatilmoqda va tadbirkorlarni qiziqtirayotgan savollariga javoblar berilmoqda.

(Ma’lumot uchun: uchrashuvlar Olmazor tumanida (6.10.2020), Sergeli tumanida (8.10.2020), Bektemir tumanida (13.10.2020), Mirobod tumanida (15.10.2020) bo‘lib o‘tdi).