Tadbirkorga maslahat
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohasida eksport qiluvchi korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali mayda shoxli molning yarim tayyor charmini (TIF TN bo‘yicha 4105, 4106 21 0000 kodlari) olib chiqishda 2025-yil 1-yanvarga qadar yig‘im undirilmaydi.
Shuningdek, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohasi korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va do‘konini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSH dollarigacha mablag‘ni chet elga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-son qarori.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati