/Yangiliklar/Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
17.01.2024 - 11:27 1152

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish, ularni bandligini ta‘minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi xokim yordamchilari, uzini uzi band qilgan shaxslar va tadbirkolik subyektlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori v.v.b. Abbosxon Maxamatov Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan erishilgan natijalar, Jamg‘armaning Kompaniyaga aylantirilishining afzalliklari hamda Kompaniyaning oldiga qo‘ygan maqsadlari, marralari haqida so‘z yuritdi.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordam turlari, ularni taqdim etish va ulardan foydalanish masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. Xususan yordamlar to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdimotlar va video lavhalar orqali namoyish etildi. Kompaniyaning faoliyati va yordamlarini yoritish maqsadida buklet, metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.

Shu bilan birga seminar davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kelgusi prognoz ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilarining 20 dan ortiq savollariga javob berildi.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati