/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
17.08.2023 - 17:42 198

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Mahalliy turoperatorlar, turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yoki avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2023-yil 1-maydan boshlab 2026-yil 1-mayga qadar o‘z faoliyatida yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchi bilan birga o‘n va o‘ndan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan transport vositalarini (TIF TN kodlari 8702 10, 8702 40, 8702 90) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 12 oy muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati