/Yangiliklar/Yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
18.01.2021 - 12:09 5550

Yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-sonli Qarori qabul qilinigan bo‘lib, ushbu qaror bilan aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etish, mazkur jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qilish lozimligi ta’kidlandi.

Ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etish uchun “Mikrokreditbank” ATB tomonidan belgilangan tartibda mikrokreditlar ajratiladi.

Agarda maxsus sertifikat olgan bitiruvchilar (yoshlar yoki xotin-qizlar) mikrofirma va kichik korxona ta’sis etadigan bo‘lsa, ularga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi

Shuningdek, Qarorda nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz mablag‘lari ajratilishi qayd etilgan.