/Yangiliklar/Ustav kapitalga ulush kiritish Kompaniyaning yangi moliyaviy yordam turi
19.04.2024 - 10:00 396

Ustav kapitalga ulush kiritish Kompaniyaning yangi moliyaviy yordam turi

Ustav kapitalga ulush kiritish Kompaniyaning  yangi moliyaviy yordam turi

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tadbirkorlar uchun bir qator yangi xizmatlarni taklif etadi, ulardan biri ustav kapitaliga ulush kiritishdir.

Ustav kapitalga ulush kiritish bu tomonlarning ustav kapitalga ulush kiritish shartnomasiga ko‘ra ko‘chmas mulk ob’ektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar (bitim ob’ekti)ni sotib olishni va uni loyiha tashabbuskoriga taqdim etish orqali uning ustav kapitaliga ulushdor bo‘lib kirishni nazarda tutadigan yordam turi hisoblanadi.

Ustav kapitalga ulush kiritish o‘rta tadbirkorlik subyektlarga 7 yil davomida qaytarish sharti asosida 3 mlrd so‘mgacha taqdim etiladi.

Ustav kapitalga ulush kiritish bo‘yicha o’rta tadbirkorlik subyektlari loyihalari uchun 120 mlrd so’m yo’naltiriladi.

Buning natijasida:

Tadbirkorning moliyaviy imkoniyatlari kengaytiriladi;

40 dan ortiq loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi;

O‘rta tadbirkorlarning o‘z biznesini o’sishi va rivojlanishi uchun barqaror baza yaratiladi;

350 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

75 mlrd so‘m (har yili o’rtacha 11 mlrd so’m)dan ortiq mablag’lar foiz va boshqa xarajatlar iqtisod qilinishi hisobiga tadbirkor ixtiyorida qoldiriladi.

Loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati kamida 10 foizga oshishi ko‘zda tutiladi.

Joriy yilning mart oyida ustav kapitalga ulush kiritish yordamini taqdim etish bo’yicha birinchi ochiq tanlov e’lon qilindi. Hozirda loyihalarni saralab olish va ularni moliyalashtiish ishlari amalga oshirilmoqda.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati