Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
Bugungi kunda nodavlat ta’lim tashkilotlari sifatida 334 ta xususiy umumta’lim maktablari faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, davlatimizda maktabgacha ta’limga berilgan e’tibor natijasida 2 146 ta xususiy va davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi.
Albatta Jamg‘arma tomonidan xususiy ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalarga moliyaviy yordam berib kelmoqda.
Xususiy nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, rekonstruktsiya qilish maqsadida 481 ta loyihaga ajratilgan 889 mlrd so‘mlik kreditlar uchun 405 mlrd so‘m kafillik moliyaviy yordami taqdim etildi.
Shu bilan birga 214 ta loyihaga ajratilgan 307 mlrd so‘mlik kreditlar uchun
146 mlrd so‘m kompensatsiya moliyaviy yordami ko‘rsatildi.
Buning hisobiga 600 ga yaqin nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanib, ularning ixtiyorida 700 mlrd so‘m qoldirilishiga erishiladi hamda 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Jamg‘arma tomonidan xususiy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati