/Yangiliklar/Samarqand viloyati tadbirkorlari va bank xodimlariga Kompaniyaning moliyaviy yordamlari haqida maʼlumot berildi
19.06.2024 - 15:56 304

Samarqand viloyati tadbirkorlari va bank xodimlariga Kompaniyaning moliyaviy yordamlari haqida maʼlumot berildi

Samarqand viloyati tadbirkorlari va bank xodimlariga Kompaniyaning moliyaviy yordamlari haqida maʼlumot berildi

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Markaziy banki hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamkorligida mikromoliya tashkilotlari, tijorat banklari vakillari hamda tadbirkorlar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Markaziy bank Mikromoliya bozori ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish departamenti rahbari Farrux Botirov, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” Hududlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Rustam Hakimov ishtirok etdilar.

Seminarda 100 dan ortiq tadbirkor, mikromoliya tashkilotlari, tijorat banklari vakillari qatnashdilar. Kompaniyaning kafillik, xizmatlar ipotekasi, kapitalga ulush kiritish, resurs ajratish va kompensatsiya moliyaviy yordamlari  haqida atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi, ular bo‘yicha tushunchalar taqdimot orqali tadbirkorlarga yetkazildi.

Seminar yakunida tadbirkorlarninr 20 ga yaqin savollariga javob berildi va tadbirkorlar tomondan berilgan takliflar inobatga olinishi aytib o‘tildi.

 

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati