/Yangiliklar/SAM-FERRE – maishiy texnikalar olami
19.09.2023 - 10:30 565

SAM-FERRE – maishiy texnikalar olami

SAM-FERRE – maishiy texnikalar olami

«Sam-ferre» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2012-yilda tashkil topgan (dastlab, xususiy korxona shaklida faoliyat boshlagan). Bugungi kunga qadar, 35 turdagi barcha maishiy texnikalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda, jumladan gaz plita, temir eshik, muzlatgich va isitgich, vitrinali muzlatgich, konditsioner va chang yutgich.

Jamg‘arma tomonidan eksport oldi faoliyatini rivojlantirish maqsadida «Sam-ferre» MChJga maishiy va vitrina muzlatgichlar ishlab chiqarishda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun xom-ashyo (kompressor, polistirol va boshqalar) sotib olishga 10 mlrd so‘m kredit uchun 1 mlrd so‘mdan ko‘proq kompensatsiya majburiyati olingan va bugungi kunga qadar Jamg‘arma tomonidan to‘liq to‘lab berilgan.

Buning natijasida, «Sam-ferre» MChJ tomonidan 2021-yilda 265 ming AQSH dollar miqdorida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qilindi, bu ko‘rsatgich 2022-yilda 2,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan va o‘tgan ikki yil mobaynida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, jami ishchilar soni 172 taga yetgan.

Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish natijasida tovar aylanmasi 2021-yilda 100,2 mlrd so‘mni, bu ko‘rsatgich 2022-yilda 103,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

«Sam-ferre» MChJ tomonidan faoliyati davomida belgilangan tartibda soliq va majburiy to‘lovlar hisoblanib, byujetga to‘lovlar amalga oshirilgan, jumladan,

2021 – yilda 16,9 mlrd so‘m, shundan QQS 13,7 mlrd so‘m, foyda solig‘i 1,1 mdrd so‘m va boshqa soliqlar 2,2 mlrd so‘m;

2022 – yilda 16,8 mlrd so‘m, shundan QQS 13,4 mlrd so‘m, foyda solig‘i 1,4 mdrd so‘m va boshqa soliqlar 1,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Qisqa davr ichida «Sam-ferre» MChJ tomonidan erishilgan yutuqlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «SAM-FERRE» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Axmedov Akmal Shamuradovich “Shuxrat” medali bilan mukofotlangan.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati