Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan sanoat sohasiga taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
![Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan sanoat sohasiga taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan sanoat sohasiga taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar](https://edcom.uz/wp-content/themes/statefund/media/img/uploads/news_20-10-2023.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida YAIM o‘sishiga eng katta hissa sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda sanoat sohasida 484,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Xususan, 2018-2023 – yillar davomida Jamg‘arma tomonidan sanoat sohasiga 9459 ta loyihalar bo‘yicha 24 762,7 mlrd so‘mlik kreditlarga 4 431,3 mlrd so‘mlik yordamlar taqdim etilgan.
Shundan bugungi kunga qadar sanoat sohasiga 3449 ta loyihalar bo‘yicha 8 793,1 mlrd so‘mlik kreditlarga ta’minot sifatida 3 053,5 mlrd so‘mlik kafilliklar taqdim etilgan.
Shuningdek, 6010 ta loyiha 15 969,6 mlrd so‘mlik kreditlarga hisoblangan foizlarning bir qismini qoplash uchun 1 377,7 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar taqdim etildi.
Jumladan sanoatning ishlab chiqarish yo‘nalishiga 3 589,9 mlrd so‘mlik, tekstil va trikotaj yo‘nalishiga 569 mlrd so‘mlik hamda farmatsevtika va dori darmon ishlab chiqarish yo‘nalishlariga 120,6 mlrd so‘mlik jamg‘armaning moliyaviy yordamlari yo‘naltirilgan.
Bu jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, Toshkent shahar, Andijon viloyati va Toshkent viloyati kafillik yordamidan hamda Toshkent shahar, Andijon viloyati va Surxondaryo viloyatlari kompensatsiya yordamidan boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq foydalangan.
Sanoat sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobiga jami 139 411 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga zamin yaratilgan.
Jamg‘arma tomonidan sanoat sohasini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati