/Yangiliklar/“FinGROW” loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20.10.2025 - 12:26 161

“FinGROW” loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“FinGROW” loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Jahon banki vakillari o‘rtasida “FinGROW” (Financial Access for Growth, Returns, and Opportunities for Work) loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida loyiha rahbari Martin Meleki tomonidan “FinGROW” dasturining maqsadi, afzalliklari hamda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan keyingi bosqichlar muhokama qilindi.

“FinGROW” loyihasiga oid dastlabki ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

E’tiboringizga havola etilayotgan loyiha hujjatlari muzokaralar bosqichidagi versiyasi bo‘lib hali rasmiy tasdiqlanmagan (jarayon davomida yangilanib, o‘zgarishi mumkin).

O’zbek tilida

Atrof-muhit va ijtimoiy majburiyatlar rejasi (ESCP) – Loyiha
Manfaatdor tomonlar bilan ishlash rejasi (SEP) – Loyiha

Ingliz tilida

ESCP-FINGROW-draft-E&S revision_last
FINGROW-SEP-draft-last one

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati