/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
22.01.2024 - 10:45 334

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli chorak yakuniga ko‘ra Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazilgan turistik (mehmonxona) yig‘imlar summasi hisobidan subsidiya ajratiladi.
Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilganda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

yulduzli toifadagi mehmonxonalarga — 2 million so‘m;

yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga — 1 million so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qarori.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati