/Yangiliklar/Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
22.06.2023 - 21:19 2960

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 20-iyun sanasida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, OTBning mikromoliyalashni rivojlantirish dasturi bo‘yicha moliyaviy sektor bosh iqtisodchisi Endryu Makarti boschiligida delegatsiya va Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kudrat Radjapov, Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Shamuradov ishtirok etdilar.

Tomonlar mikromoliyalashtirish bozorini o‘rganish, mikromoliyaviy tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va tadbirkorlarga davlat tomonidan berilayotgan kafolatlar bo‘yicha muhokama qildilar.

Shu bilan birga, OTB vakillariga Jamg‘arma faoliyati yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi, xususan, kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlar hamda“Tadbirkor” axborot tizimi to‘g‘risida.

Bundan tashqari, tijorat banklari, jamg‘armalar hamda mikro va kichik tadbirkorlik subyektlarinining o‘rni ko‘rib chiqildi va Jamg‘armaning faoliyat turini takomillashtirish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish tavsiya etildi.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tavsiyalariga asosan yangi xizmat turlarini tashkil qilish maqsadida yashil resurs liniyasi va yashil kredit liniyasi orqali tadbirkorlarga yanada qulay imtiyozlar yaratishga to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati