Joriy yilning 20-iyun sanasida Farg‘ona viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilnig 20-iyun kuni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Farg’ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyatdagi kichik tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan onlayn uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv boshida viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni o’tgan yil boshiga nisbatan qariyb 6 mingga (15 foizga), 2016-yilga nisbatan esa 28 mingdan ortiqroq (2,6 barobarga) ko’payganligi va bu respublika hududlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichalar ekanligi qayd etildi.
Shundan so’ng viloyatdagi tadbirkorlarning salohiyati va Jamg’arma yordamlaridan foydalanish holatlari haqida so’z yuritildi.
Mazkur uchrashuvda mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmoni bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.
Jamg‘armaning kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari bo‘yicha tushunchalar taqdimot va vedioroliklar orqali tadbirkorlarga yetkazildi.
Uchrashuv yakunida Jamg‘arma mas’ullari tadbirkor va mutassaddilarning Jamg‘arma faoliyati va yordamlari bilan bog‘liq bo‘lgan 30 ga yaqin masalalar ko’rib chiqildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati