Qishloq xo‘jaligi sohasida ipakchilik yo‘nalishi
Mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish, yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalarni pillachilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish.
Bugungi kunda, ipakchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan pillani qayta ishlash korxonalari soni 75tani tashkil etadi. Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 150 mln so‘mdan 2 trln so‘mga yetkazildi (joriy yilda 3,1 trln so‘m). Eksport qilingan mahsulotlarning 57 foizi ($54,4 mln AQSH) ipak matolar hissasiga to‘g‘ri keladi – «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi axboroti.
Bundan tashqari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan mazkur yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash orqali 84 loyiha bo‘yicha 8 807 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan va 27,6 mlrd so‘m kafillik, 55,8 mlrd so‘m kompensatsiya moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, tahliliy natijalarga ko‘ra eng ko‘p moliyaviy yordamlardan foydalangan top-3 hududlar aniqlandi: Jizzax viloyati – 19 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati – 17 mlrd so‘m va Andijon viloyati – 10 mlrd so‘m yordamlar.
Mamlakatda xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina, Jamg‘arma tomonidan mazkur yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 nafar tadbirkor ayollarning 42 mlrd so‘m kreditlari uchun 9 mlrd so‘m yordam ko‘rsatildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati