/Yangiliklar/O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-150-sonli Farmoniga binoan, 2022 yil 1 iyuldan Jamg‘arma faoliyatida nimalar o‘zgaradi?
24.06.2022 - 16:44 1978

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-150-sonli Farmoniga binoan, 2022 yil 1 iyuldan Jamg‘arma faoliyatida nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-150-sonli Farmoniga binoan, 2022 yil 1 iyuldan Jamg‘arma faoliyatida nimalar o‘zgaradi?

Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga:

– kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit (lizing)lari uchun beriladi.

📌Kompensatsiya yordami bo‘yicha:

– tijorat banklarining milliy valyutadagi, 5 mlrd so‘mdan va foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq uning 30 foizdan oshmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;

– mazkur 3 yil «2+1» tamoyili asosida, ya’ni avval kredit (lizing)ning 2 yili uchun taqdim etiladi va loyiha biznes rejasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgan taqdirda qo‘shimcha 1 yilga uzaytiriladi.

📌Kafillik yordami bo‘yicha:

– ajratiladigan kreditlarning 50 foizgacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda;

– mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

📌Moliyaviy yordamlar faqat bitta loyihaga tatbiq etiladi. Tadbirkor kompensatsiya va/yoki kafillik shartnomasi amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq qaytarganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.