/Yangiliklar/IT yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida
24.10.2023 - 10:55 461

IT yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida

IT yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida

So‘nggi uch yilda axborot texnologiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilgani o‘z natijasini beryapti. O‘tgan yili IT-park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatgan va 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT-arxitektor, operator va muhandislar kerak. Hududlarda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini kengaytirish lozim. Xorijiy IT-kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarur. Aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo‘lgan yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish joiz.

Bundan tashqari, IT yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga moliyaviy yordamlar taqdim etib kelinmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 62 ta loyihalariga tijorat banklarining 20 mlrd so‘m kreditlari uchun 6 mlrd so‘m yordamlar taqdim etilgan.

Shundan, kafillik yordami bo‘yicha 32 ta loyihalarga 5 mlrd so‘m, kompensatsiya yordami bo‘yicha esa 30 ta loyihalarga 1 mlrd so‘m.

Shuningdek, tadbirkor ayollar soni 13 nafar, tadbirkor erkaklar soni 49 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, tahlil natijalariga ko‘ra hududlar kesimida eng ko‘p moliyaviy yordamlardan foydalangan Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati