/Yangiliklar/Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
25.09.2023 - 16:24 331

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qishloq xojaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

2023-yil 1-sentabr holatiga qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 29 694 ta loyihalarga tijorat banklarining 35 895 mlrd so‘m kreditlari uchun 9 321 mlrd so‘m moliyaviy yordamlar taqdim etilgan. Shundan, 5 032 mlrd so‘m kafillik (54 foizi), 4 289 mlrd so‘m kompensatsiya (46 foizi) yordamlari hisoblanadi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 31 463 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Moliyaviy yordamlardan foydalangan tadbirkorlarning 3 075 nafari (11 foizi) ayol tadbirkorlar, 26 314 nafari (89 foizi) erkak tadbirkorlar hisoblanadi.

2023-yil boshidan Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarning 264 ta loyihalariga tijorat banklarining 309 mlrd so‘m kreditlari uchun 106 mlrd so‘m yordamlar taqdim etilgan (kafillik bo‘yicha 162 ta loyihalarga 98 mlrd so‘m, kompensatsiya bo‘yicha 102 ta loyihalarga 8 mlrd so‘m yordam).

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati