Tadbirkorga maslahat
2020-yil 15-iyuldan boshlab “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Ushbu subsidiyalar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan taqdim qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son qarori.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati