/Yangiliklar/O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-sonli Qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga birinchi transh ajratildi.
26.04.2023 - 16:35 1175

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-sonli Qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga birinchi transh ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-sonli Qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga birinchi transh ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi PQ-317-sonli “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish-2-faza” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma)ga birinchi transh ajratildi.

Shu munosabat bilan Jamg‘arma tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarining qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar taqdim etilishi boshlandi.

Loyiha amalga oshiriladigan hudud Kafillik miqdori Loyiha doirasida qo‘llab-quvvatlanadigan tadbirkorlik faoliyatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kafillikning miqdori 2,5 mlrd so‘mdan, biroq kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim Kafillik berish dasturi qishloq tadbirkorligiga sarmoyalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil faoliyat turlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi, shu jumladan qishloq hududlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, yangi korxonalarni tashkil etish yoki mavjud korxonalar salohiyatini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari uchun moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, qishloqdagi yoshlar va ayollarni biznesga keng jalb qilish bilan bog‘liq faoliyatlar
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati