Vengriyaning “Garantiqa Hitelgarancia Zrt.” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Vengriyaning “Garantiqa Hitelgarancia Zrt.” tashkiloti vakillari (Hárs-Garami, Zsófia va Győző Schulteisz) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jamg‘arma tomonidan Ijrochi direktor o‘rinbosari J.Bo‘riyev hamda Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i K.Radjabov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida “Garantiqa Hitelgarancia Zrt.” tashkiloti vakillari mazkur tashkilot faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar, xususan, kichik tadbirkorlik subyektlari va moliya tashkilotlarini xalqaro tajribadan foyadalangan holda tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, Jamg‘arma vakillari tadbirkorlarga taqdim etilayotgan kafillik va kompensatsiya ko‘rinishdagi moliyaviy yordamlari, miqdori va foydalanish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdilar.
Bundan tashqari, Jamg‘arma vakillari xalqaro tashkilotlaridan loyihalar doirasida jalb qilingan mablag‘larning maqsadi va ularning ishlatilishiga to‘xtalib o‘tdilar.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba va ko‘nikmalarni o‘zaro almashish maqsadida ko‘plab uchrashuvlar tashkil etish va joyiga chiqqan holda safarlar uyushtirib faoliyatni yaqindan o‘rganishga kelishib oldilar.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati