Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan sanoat sohasiga taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,2022-yilning yanvar-dekabr oylarida YAIM o‘sishiga eng katta hissa sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda sanoat sohasida 484,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Xususan, 2018-2023 – yillar davomida Jamg‘arma tomonidan sanoat sohasiga 3300 ta loyihalar bo‘yicha 8 499,7 mlrd so‘mlik kreditlarga ta’minot sifatida 2 940,8 mlrd so‘mlik kafilliklar taqdim etilgan.
Shuningdek, 5674 ta loyiha 15 424,3 mlrd so‘mlik kreditlarga hisoblangan foizlarning bir qismini qoplash uchun 1 328,7 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar taqdim etildi.
Jumladan sanoatning ishlab chiqarish yo‘nalishiga 3 565,8 mlrd so‘mlik, tekstil va trikotaj yo‘nalishiga 567 mlrd so‘mlik hamda farmatsevtika va dori darmon ishlab chiqarish yo‘nalishlariga 120,6 mlrd so‘mlik jamg‘armaning moliyaviy yordamlari yo‘naltirilgan.
Sanoat sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobiga jami 272 714 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga zamin yaratilgan.
Jamg‘arma tomonidan sanoat sohasini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati