Tadbirkorga maslahat

2023-yil 1-martdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Ushbu subsidiya respublika budjeti hisobidan taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 305-son qarori.