/Yangiliklar/Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan asalarichilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
27.06.2023 - 15:30 637

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan asalarichilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan asalarichilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

Bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan asalarichilik subyektlari soni 21 mingtani tashkil etadi. Joriy yilda asalarichilikda 9 mlrd so‘mlik 26 ta loyihalar ishga tushirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida respublikada asalari oilalari soni 130 ming donaga ko‘payib, 1 mln 180 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga oshdi.

Bu ko‘rsatkichlar yo‘nalishga berilayotgan e’tibor va bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratadi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023-yildagi «Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi VMQ-239-son qarori misol bo‘la oladi.

Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan 36 ta loyihalarga ajratilgan 10 mlrd so‘m mablag‘ kredit uchun 5 mlrd so‘m kafillik yordami ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, 86 ta loyihalarga ajratilgan 19 mlrd so‘m mablag‘ kredit uchun 2 mlrd so‘m kompensatsiya yordami ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, taqdim etilgan moliyaviy yordamlar orqali asalarichilik subyektlari tomonidan 340 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Jamg‘arma tomonidan asalarichilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati