/Yangiliklar/Jamg‘arma tomonidan ko‘p qavatli uy-joy va bino qurish yo‘nalishi qo‘llab-quvvatlanmoqda
28.08.2023 - 16:50 508

Jamg‘arma tomonidan ko‘p qavatli uy-joy va bino qurish yo‘nalishi qo‘llab-quvvatlanmoqda

Jamg‘arma tomonidan ko‘p qavatli uy-joy va bino qurish yo‘nalishi qo‘llab-quvvatlanmoqda

So‘ngi yillarda mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, ko‘p qavatli uy-joy va bino-inshootlarni qurish orqali kam taminlangan, uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga arzon va sifatli uylar topshirish orqali hududlarda «city»lar va massivlar qurilmoqda.

Shu bilan birga, Statistika agentligining ma‘lumotiga ko‘ra qurilish sohasida qurilish korxonalari soni yildan-yilga oshib bormoqda.

2023-yil 1-avgust holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 52 057 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 108,8 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha: 2019-yilda – 34 553 ta, 2020-yilda – 41 479 ta, 2021-yilda – 46 509 ta, 2022-yilda – 47 827 ta, 2023-yilda – 52 057 tani tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, Tadbirkorlik jamg‘armasi tomonidan 2023-yil 1-avgust holatiga jami 719 ta loyihalarga tijorat banklarining 2,8 trln so‘m kreditlariga 0,6 trln so‘m moliyaviy yordamlar ko‘rsatilgan. Shu orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan11 833 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan, kafillik yordami bo‘yicha 218 ta loyihalarga 436 mlrd so‘m majburiyat olingan hamda 3 952 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan, kompensatsiya yordami bo‘yicha 501 ta loyihalarga 161 mlrd so‘m majburiyat olingan hamda 7 881 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra Top-3 hududlar aniqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 81 mlrd so‘m, Xorazm viloyati – 77 mlrd so‘m va Buxoro viloyati – 63 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati